6 fevral kuni fuqaro U.A. huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qilgan murojaatiga asosan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Toshkent shahar IIBB YHXB YPX brigadasi maxsus divizioni YPX inspektori A.Boymatov ta`magirlik yo`li bilan 220 000 so`m pullarni pora tariqasida olayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan ushlangan. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
U porani o`zining boshqaruvidagi xizmat avtomashinasi bilan sodir etgan qoidabuzarligini jarimasini to`lash uchun fuqaro U.A.dan transport vositasini tegishli hujjatlarsiz boshqarganligi uchun jarima maydonchasiga joylashtirilgan “Matiz” rusumli transport vositasini chiqarib berish maqsadida olgan.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.Boymatovga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.






