AsosiyJamiyat

Qo`qon shahar xalq ta`limi bo`limida xodimlar yaroqsiz kompyuterlarni ishlatishga majbur (mi?) Xalq ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi

'Qo`qon shahar xalq ta`limi bo`limida xodimlar yaroqsiz kompyuterlarni ishlatishga  majbur (mi?)  Xalq ta`limi boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Qo`qon shahar xalq ta`limi bo`limida xodimlar hisobdan chiqarilgan yaroqsiz kompyuterlarni ishlatishga  majbur" sarlavhasi ostida tarqatilgan xabarga Farg`ona viloyat xalq ta`limi boshqarmasining munosabat bildirdi. 

Bugungi kunda Qo`qon shahar xalq ta`limi bo`limida  xodimlar faoliyatini va mehnat samaradorligini oshirish maqsadida barcha sharoitlar yaratib berilmoqda. Avvalo bo`limning barcha xonalari talablar asosida ta`mirlandi. Jumladan, bo`lim mudiri xonasi ham oddiy ta`mirlangan.  Qo`shimcha yoki yangi jihoz uning xonasi uchun sotib olinmagan.  

Shahar xalq ta`limi bo`limi joylashgan bino o`tgan asrning 70-yillarida qurilgan bo`lib, mukammal ta`mirga muhtoj edi. Jumladan,  xonalar, koridor, faollar zali, eshik-romlar,  hojatxonalar...  ta`mir talab edi. Shuningdek, bu erda kommunikasiya masalalari, elektr energiyasi tarmoqlaridagi nosozliklar va boshqa muammolar ham o`z echimini kutardi. Binoni  tegishli tartibda ta`mirlamasdan turib, bu masalalarni ijobiy hal qilib bo`lmasdi. Shu boisdan noo`rin ta`mirlash xususidagi vaj o`rinsizdir.  

Ayni paytda kompyuterlar shahar xalq ta`limi bo`limida etarli. Nosoz kompyuterlar ham bor,  uni hech kim inkor qilmaydi. Har qanday texnika vositasi o`z vaqtida ta`mirga uchragani kabi, bo`limdagi kompyuter jamlanmalari sozlanib, modernizasiya ham qilinmoqda. Eski va yaroqsiz kompyuterlarni maktablardan olib ishlatilmoqda, degan iddao ham mutlaqo asossizdir. Ta`limda sifat va samaradorlikni oshirish, bo`lim xodimlari ishlarini avtomatlashtirish uchun 2019 yilning ikkinchi yarmida qo`shimcha 10 dona kompyuter jamlanmasi sotib olingan.  Hozirgi kunda xalq ta`limi bo`limida barcha metodistlar va bo`lim boshliqlari kompyuter texnikalari bilan to`liq ta`minlangan, barchasi ishchi holatda bo`lib, ulardan to`liq va samarali foydalanilmoqda.

Viloyat xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i bu masalani o`z nazoratiga olgan.  

 

    Boshqa yangiliklar