AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik futbolchi o`z faoliyatini Rossiya jamoasida davom ettiradi

'O`zbekistonlik futbolchi o`z faoliyatini Rossiya jamoasida davom ettiradi'ning rasmi

Oston O`runov "Ufa" bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Rossiyaliklar klubi rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ma`lumot uchun:

  • 19 yoshli futbolchi "Paxtakor" tarbiyalanuvchisi hisoblanib, 2017—2019 yillar mobaynida «Navbahor»da to`p surgan. O`tgan mavsumni esa "Lokomotiv"da o`tkazdi. Oston 2018 yilda O`zbekiston Superligasining eng yaxshi yosh o`yinchisi nomiga loyiq ko`rilgandi. Shuningdek, u 2019 yilda O`zbekiston terma jamoasi safida debyut qilgan.

 

Transfermarkt ma`lumotlariga ko`ra, O`runovning narxi  1 million evroga teng. 

"Ufa"Rossiya Premer Ligasining joriy mavsumi birinchi davrasidan so`ng 25 ochko bilan 7-o`rinda ketmoqda.

    Boshqa yangiliklar