Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Sariosiyo” chegara bojxona posti “Bobotog`” chegara bojxona punkti orqali qo`shni davlatga chiqayotgan fuqaro Q.A belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Natijada, fuqaroga tegishli sumka ichidan tegishli ruxsatnomasi bo`lmagan, deklarasiyalanmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan 3 dona O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan kiyik (Xongul, Buxoro bug`isi) shoxlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Ma`lumot o`rnida:
Yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, zoologiya kolleksiyalari, hayot faoliyati mahsulotlari, o`ljalar, tulumlarni O`zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning tashqarisiga olib chiqish O`zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo`yicha amalga oshiriladi.