Avval xabar berilganiek, 2019 yil 05 oktyabr kuni soat taxminan 04:30 larda Shayxontohur tumani, Kirkiy ko`chasida joylashgan uyning yotoqxonasidan, shu xonadonda istiqomat qilib kelgan Abbos A.ning (1993 y.t., XATB “Universal bank” Toshkent filiali bo`lim boshlig`i lavozimida ishlagan) murdasi bo`yin sohasidan dazmol shnuri bilan bug`ilgan xolatda topilgan edi.
“kun.uz”ning ma`lum qilishicha, Jinoyat ishlari bo`yicha Toshkent shahar sudida bo`lib o`tgan majlisda mana shu— qasddan odam o`ldirish jinoyati yuzasidan sud hukmi e`lon qilindi.
Sudda O.X.ga 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, marhum A.A.ning turmush o`rtog`i K.A.ga 13 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.