AsosiyDunyo

Xitoyda koronavirusdan himoya vositalari etishmasligi bois 6 shifokor vafot etdi

'Xitoyda koronavirusdan himoya vositalari etishmasligi bois 6 shifokor vafot etdi'ning rasmi

Xitoy rasmiylari koronavirusdan himoya moslamalari etishmayotganidan xavotirda. Hukumat tomonidan shu vaqtga qadar virus bilan kasallangan va vafot etgan tibbiyot xodimlarining raqamlari keltirildi. Bu haqda BBC.com manbasiga tayanib Xabar ma`lum qildi.

Kasallik avj olganidan beri olti shifokor vafot etgan va yana 1716 nafari koronavirus yuqtirgan. Xususan, hukumatni virus haqida erta ogohlantirishga uringan Doktor Li Venliang ham bir hafta oldin hayotdan ko`p yumgan edi. Uning vafoti jamoatchilik g`azabi va qayg`usini keltirib chiqardi.

Bugunga qadar 1300 dan ortiq odam virusdan vafot etgani aytilayotgan edi. So`nggi raqamlarga ko`ra Xitoyda 122 ta yangi o`lim qayd etilgan, bu esa umumiy hisobni 1,381 kishiga qadar etkazadi.

Milliy sog`liqni saqlash komissiyasining ma`lumotlariga ko`ra, infeksiya yuqtirganlarning umumiy soni 63 922 nafarga etdi.

Boshqa yangiliklar