AsosiyJamiyat

Qo`qondagi choyxonada sodir bo`lgan otishmadan keyin 30 kishiga nisbatan qamoqqa olish chorasi ko`rildi

'Qo`qondagi choyxonada sodir bo`lgan otishmadan keyin 30 kishiga nisbatan qamoqqa olish chorasi ko`rildi'ning rasmi

Joriy yilning 6 fevral kuni soat 00:10 larda Qo`qon shahrida joylashgan choyxonada janjallashgan erkak bir necha kishini ov miltig`i bilan jarohatlagan edi. Farg`ona viloyati IIB axborot xizmatining «Daryo»ga ma`lum qilishicha, 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

6 fevralga o`tar kechasi soat taxminan 00:50 larda Qo`qon shahar tibbiyot birlashmasidan IIBga shoshilinch xabar kelib tushgan. Unga ko`ra 25 yoshli M.B., 28 yoshli Q.A. hamda 31 yoshli J.Sh. tanasining turli sohalarida sochma o`qdan kelib chiqqan tan jarohatlari bilan murojaat qilganliklari aniqlangan.

Foto: Farg`ona viloyati IIB

Shu kuni soat 00:10 larda M.B., K.A., va J.Sh. Qo`qon shahrida joylashgan «Shedevr» choyxonasiga kelganlarida shu erda bo`lgan 27 yoshli A.U. va uning sheriklari bilan o`zaro janjallashib qolgan. A.U.ning yonida bo`lgan tanishi 27 yoshli Z.M. tegishli tartibda ro`yxatdan o`tmagan «IJ-18» rusumli qirqma miltig`i bilan B.M, A.Q va Sh.J.ga qarata ikki marotaba o`q uzib, tan jarohati etkazib hodisa joyidan yashiringan.

Foto: Farg`ona viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Qasddan odam o`ldirishga suiiqasd» va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.

Jinoyat ishi bo`yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari va olingan tezkor ma`lumotlarga ko`ra, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda 14 fevral kuni Qo`qon shahrida shartli nom ostida o`tkazilgan «Tong» tadbiri davomida ishga aloqador bo`lishi mumkin bo`lgan 25 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan ma`muriy qamoq qo`llanilgan va ularni ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Foto: Farg`ona viloyati IIB

Foto: Farg`ona viloyati IIB

Foto: Farg`ona viloyati IIB

Foto: Farg`ona viloyati IIB

    Boshqa yangiliklar