AQSh harbiy havo kuchlari xizmatchilariga hijob kiyish, salla o`rash, soch o`stirish va soqol qo`yishga rasman ruxsat berildi. Bu haqda Interfaks manbasiga tayanib «Daryo»xabar berdi.
Qayd etilishicha, shunday yo`l bilan harbiy rahbariyat o`z e`tiqodlari va an`analariga rioya qilishni xohlaydigan musulmon hamda sikx harbiylarga yon bosishga qaror qilgan.
Buning uchun ularning tashqi ko`rinishi orasta bo`lishi va konservativ bo`lishlari talab etilmoqda. Shu paytgacha sikxlar va musulmonlar diniy kiyimlarni kiyish uchun harbiy rahbariyatdan alohida ruxsat so`rashlari kerak edi va bu jarayon uzoq vaqt olardi.
Yangi tartibga ko`ra AQShda xizmat qilayotgan harbiylarning so`rovlarini ko`rib chiqish jarayoni 30 kundan, boshqa hollarda 60 kundan oshmasligi kerak.