2020 yil 22 fevral kuni internet ijtimoiy tarmog`ining “Zamon.tv” saytida berilgan Koson tumanida ichkilik ichishda gumon qilingan moto haydovchisini YPX xodimlari shaxsiy mashinasida mahalla ichida quvgani haqidagi videotasvir efirga berilgan edi. IIV ushbu lavha yuzasidan munosabat bildirdi.
Mazkur holat o`rganilganda, 2020 yil 13 fevral kuni viloyat IIB YHXB YPXB 3-YPX otryadi komandiri tomonidan tasdiqlangan xizmat taqsimotiga asosan 3-YPX otryadi 2-safarbarlik guruhi YPX inspektorlari safdor Ravshanov Jahongir va safdor Bobomurod Qodirov jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta`minlash, yo`l-transport hodisalarini oldini olish hamda qoidabuzar haydovchilarni aniqlash maqsadida Koson tumani Quyibog` mahallasi hududiga xizmatga jalb qilingan.
Shu kuni soat 18-00 da ushbu hududda xizmat olib borayotgan vaqtlarida “Ural” rusumli davlat raqam belgisiz motosikl haydovchisi tarnsport vositasini notekis harakatlantirib boshqarib kelib, yo`nalishidagi avtomashinalarning erkin harakatiga xalaqit berayotgani uchun YPX xodimi safdor J.Ravshanov tomonidan unga to`xtash ishorasi berilgan. Haydovchi YPX inspektorining to`xtash to`g`risidagi ishorasiga amal qilmasdan, harakatlanib ketib qolgani uchun YPX inspektori safdor J.Ravshanov boshqaruvida bo`lgan “Neksiya” rusumli 70 W 858 EA davlat raqamli avtomashinasi bilan “Ural” rusumli motosikl haydovchisining harakatini cheklash maqsadida kuzatib borgan.
Motosikl haydovchisi Quyiboq mahallasining ichidan o`tuvchi ariq yoqasida to`xtab qolgan, YPX inspektori safdor J.Ravshanov “Ural” rusumli motosikl haydovchisining yoniga borib, o`zini tanishtirib, muloqot jarayonida uni Jo`raev Muxtor ekanligini bilgan. Haydovchi bilan muloqot davomida uning og`iz bo`shlig`idan spirtli ichimlik hidi anqib turganligi sababli uni Koson tuman tibbiyot birlashmasining tibbiy narkolog shifokor ko`rigiga taklif qilgan.
Narkolog-shifokor 2020 yil 13 fevral kunidagi 121-sonli ma`lumotnomasida “haydovchi T.Jo`raev spirtli ichimlik iste`mol qilib, mastlik holatida” ekanligini ko`rsatgan.
Shu vaqtda safdor J.Ravshanov tomonidan “Ural” rusumli motosikil haydovchisi M.Jo`raevni spirtli ichimlik iste`mol qilganlikda gumon qilib, olib ketayotgan vaqtida biron bir fuqaro unga tan jarohati olganligi yuzasidan murojaat qilmaganligi aniqlangan. Shuningdek, 2020 yil 13 fevral kuni Koson tuman IIBning navbatchilik qismiga biron bir fuqaro tomonidan bu haqda xabar kelib tushmagan.
Fuqaro Jo`raev Muxtor Bafoevich 2020 yil 17 fevral kuni yashash uyida vafot etganligi holati yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o`tkazilmoqda.