Endi my.gov.uz portali orqali bir zumda o`qish joyidan ma`lumotnoma olish mumkin, deya xabar qildi Xushnudbek Xudoyberdiev o`z kanalida.
Bilamizki, zarur hollarda talabalar ishga joylashish uchun, avia yoki temir yo`l kassalariga, mudofaa bo`limiga, bankka va yana boshqa joylarga o`qish joyidan ma`lumotnoma taqdim etishi talab etiladi. Odatda u dekanatlarda berilar edi.
Endilikda ushbu ma`lumotnomani internet orqali oson olish imkoniyati paydo bo`ldi.
"O`qish joyidan ma`lumotnoma olish" xizmati:
⁃ mutlaqo bepul;
⁃ elektron imzo talab etilmaydi;
⁃ to`liq avtomatlashgan (inson omilisiz);
⁃ ma`lumotnomani shaxsiy kabinetdan PDF shaklida yuklab olish va hujjatlar repozitoriysida saqlab qo`yish imkoniyati bor.
Ma`lumot uchun: Yagona portal orqali olingan hujjatlar qonuniy kuchga ega va davlat organlari bunday hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas, bu qat`iyan man etiladi.