1

Italiya Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga

Jamiyat 06.03.2020, 18:51
Teglar: Italiya, koronavirus
Italiya Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga

O`zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi mamlakatdagi koronavirus epidemiyasi bilan bog`liq vaziyatni inobatga olib, Italiya Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlikka da`vat etdi. Biron yordam zarur bo`lgan hollarda murojaat qilish uchun elchixona mas`ullari bilan aloqa bog`lashga chaqirdi. 

Italiya hududida COVID-19 koronavirusining tarqalishi munosabati bilan O`zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi huzurida Operativ shtab tuzildi va uning a`zolari vatandoshlar bilan muntazam ravishda muloqotda bo`lib turibdi, deyiladi xabarda. Shuningdek, O`zbekistonlik talabalar uchun Telegram messenjerida 2 ta guruh – “Nashi student v Italii” va “Tashkent-Torino-2019/2020” ochilgani aytilmoqda. 

Ma`lum bo`lishicha konsullik hisobida jami 866 ta fuqaro turadi.

2020-yil 6-mart kuni ertalabki holatga ko`ra Italiyada O`zbekiston fuqarolari orasida koronavirus yuqtirganlar qayd etilmagan.

Elchixona qayd etishicha, Italiya tomoni bilan kelishilgan holda O`zbekiston vazirlik va idoralari, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari delegasiyalarining 20 dan ortiq safarlari keyinroqqa qoldirilgan, Italiyaning qator etakchi kompaniyalari vakillarining mamlakatimizga tashriflari ham ortga surilgan.

O`zbekiston Respublikasining Italiya Respublikasidagi Elchixonasi huzuridagi Operativ shtab a`zolarining telefon ma`lumotlari:

Abdulaziz Abduganiev, Siyosiy masalalar bo`yicha maslahatchi

+390687775827; +393441124141

Munira Nizamova, Konsul, birinchi kotib

+390687775739; +393356080226

Doston Omonov, Attashe

+390687775724; +393358155529

Xushnud Ortiqov, “Uzbekistan Airways” AJning Italiyadagi vakili

+390642014811; +393476994402

Elchixonaning internet-resurslari:

Veb-sayt:  http://italia.mfa.uz/

Elektron pochta: ambasciata@uzbekistanitalia.org 

Facebookdagi sahifa: www.facebook.com/ UZEmbassyItaly/ 

Telegramdagi guruhlar: «Nashi student v Italii» va «Tashkent-Torino-2019/2020»

Elchixona manzili:  

Ambasciata dell`Uzbekistan in Italia

Ambasciata dell’Uzbekistan in Italia

Via Pompeo Magno 1, 00192 Roma

Sharhlar

Italiyada koronavirus sabab tungi komendantlik soati joriy etiladi

04.11.2020, 18:56

Italiya Bosh Vaziri Juzeppe Konte mamlakatda koronavirus tarqalishi avj olgani uchun 5 noyabrm soat 22:00 dan boshlab butun mamlakatda tungi komendantlik soati joriy qilinishi haqidagi...
Surxondaryoda tog`da yo`qolib qolgan aka-uka ikki kundan so`ng topildi

06.03.2020, 19:17

Joriy yilning 4 mart kuni, taxminan soat 8.00da Uzun tumani «Yangiobod» mahallasida istiqomat qiluvchi aka-ukalar Bobotog` tizmasiga 2 bosh yirik shohli mollarini qidirib chiqib, qaytib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1