1

Surxondaryoda tog`da yo`qolib qolgan aka-uka ikki kundan so`ng topildi

Jamiyat 06.03.2020, 19:17
Teglar: Italiya, koronavirus
Surxondaryoda tog`da yo`qolib qolgan aka-uka ikki kundan so`ng topildi

Joriy yilning 4 mart kuni, taxminan soat 8.00da Uzun tumani «Yangiobod» mahallasida istiqomat qiluvchi aka-ukalar Bobotog` tizmasiga 2 bosh yirik shohli mollarini qidirib chiqib, qaytib kelmagan.

Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.  Hodisa haqida ma`lumot etib kelganidan so`ng holat bo`yicha Surxondaryo viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong`in-qutqaruv otryadining 1 ta maxsus texnika guruhi etib kelgan. Guruh tarkibida 7 nafar qutqaruvchilar, shuningdek, Uzun tumani favqulodda vaziyatlar bo`limi 20-Yong`in-qutqaruv qismining 19 nafar qutqaruvchilari bo`lgan.

Qutqaruvchilarning olib borgan sa`y-harakatlari natijasida 6 mart kuni soat 12.00 larda yo`qolgan fuqarolar sog`lom holatda topildi va oilasi bog`riga qaytarildi.

Sharhlar

Italiyada koronavirus sabab tungi komendantlik soati joriy etiladi

04.11.2020, 18:56

Italiya Bosh Vaziri Juzeppe Konte mamlakatda koronavirus tarqalishi avj olgani uchun 5 noyabrm soat 22:00 dan boshlab butun mamlakatda tungi komendantlik soati joriy qilinishi haqidagi...
Italiya Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolari diqqatiga

06.03.2020, 18:51

O`zbekistonning Rim shahridagi Elchixonasi mamlakatdagi koronavirus epidemiyasi bilan bog`liq vaziyatni inobatga olib, Italiya Respublikasida bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini ogohlikka da`vat etdi. Biron yordam zarur...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1