1

Xitoyda Qizil kitobga kiritilgan va odamlar so`nggi bor bundan 22 yil oldin ko`rgan quyon turi topildi

Dunyo 26.03.2015, 14:36
Xitoyda Qizil kitobga kiritilgan va odamlar so`nggi bor bundan 22 yil oldin ko`rgan quyon turi topildi

“Sehrli quyon” deb nom olgan antiqa quyonning turi Ili Pika deb ataladi. U Qizil kitobga kiritilgan noyob jonivorlardan biri sanaladi.

Uzunligi 20 santimetr bo`lgan “Sehrli quyon”ning yashash tarzi haqidagi ma`lumotlar juda kam. Tyan-Shan tog`larida yashovchi ushbu quyon turini oxirgi bor 1983 yili tabiatni muhofaza qilish xizmati vakili Li Veydun ko`rgan va suratga olgandi. Mana oradan 22 yil o`tib, ushbu quyon turi yana odamlarga o`zini ko`rsatdi. Ayni damda bu quyon turi yo`qolib borayotgan tur sanaladi. Ma`lumotlarga ko`ra, ular tabiatda jami 1000 donaga yaqin qolgan.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1