1

Toshkentda bir ayolga tegishli bo`lgan “Mersedes Benz” va “BMW” yonib ketgani yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 09.03.2020, 18:36
Teglar: Mersedes Benz, “BMW
Toshkentda bir ayolga tegishli bo`lgan “Mersedes Benz” va “BMW” yonib ketgani yuzasidan rasmiy ma`lumot berildi

Toshkentda 8 mart kuni bir ayolning BMW X5 va Mercedes GLC mashinalari yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Unda aytilishicha joriy yilning 8 mart kuni soat 05:30 da Toshkent shahar, Mirobod tumani, Shahrisabz ko`chasi, 13-uy oldida, ushbu uy 51-xonadonda yashovchi K.I.ga tegishli qora rangli “Mersedes Benz” va uning yonida turgan oq rangli “BMW” rusumli avtomobillar yonib ketgan. Bunda transport vositalaridan yong`in chiqishi avtomashinalarning dvigateli va salon qismlari yonib ketishiga sabab bo`lgan.  

Mazkur holat yuzasidan hozirda surishtiruv ishlari olib borilib, yong`in sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deyiladi IIB YHXBB xabarida.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1