1

Toshkentda bir ayolga tegishli bo`lgan “Mersedes Benz” va “BMW” mashinalari nima sababdan yonib ketgani ma`lum bo`ldi

Jamiyat 10.03.2020, 14:30
Toshkentda bir ayolga tegishli bo`lgan “Mersedes Benz” va “BMW” mashinalari nima sababdan yonib ketgani ma`lum bo`ldi

Avvalroq, Toshkentda 8 mart kuni bir ayolning BMW X5 va Mercedes GLC mashinalari yonib ketgani haqida xabar bergan edik. Shundan so`ng, IIV ushbu holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berib, holat bo`yicha tekshirish boshlanganini ma`lum qilgan edi. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalgan ushbu ikkita yonayotgan avtomobil aks etgan video va suratlar yuzasidan Toshkent shahar IIBB ma`lumot berdi

Aniqlanishicha, 8 mart kuni taxminan soat 05.30 da Mirobod tumani Shahrisabz ko`chasida 36 yoshli Kamila I.ga tegishli «Mercedes-Benz GLS300» (davlat raqami 01 Y 549 HB) va «BMW X5» (davlat raqami 01 F 701 XA) avtomobillariga qasddan o`t qo`yilgani aniqlandi. Zarar miqdori taxminan 225 000 AQSh dollarini tashkil etdi. Hozirgi vaqtda tergov olib borilmoqda, hodisa tafsilotlari o`rganilib, o`t qo`ygan kishining shaxsini aniqlash bo`yicha choralar ko`rilmoqda, jabrlanuvchi va guvohlar so`roq qilinmoqdalar.

Ushbu fakt bo`yicha O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi “v” bandiga (“Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish”) muvofiq jinoiy ish qo`zg`atildi. Eslatib o`tamiz, bu kabi holatlarda qonunchilik tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining etmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish ko`rinishidagi jazolar belgilanishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1