AsosiyJamiyat

OAV: 16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi

'OAV: 16 martdan O`zbekistonda bog`cha, maktab va OTMlar koronavirus sabab karantinga yopiladi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, bugun Bosh vazir ishtirokida koronavirusga bag`ishlangan brifing bo`lib o`tadi.

Ayni paytda manbalarga tayangan holda O`zbekitsondagi OAVlarning ma`lum qilishicha, ertaga, 16 martdan boshlab O`zbekistondagi barcha maktabgacha ta`lim muassasalari, maktablar va OTMlar koronavirus infeksiyasiga qarshi profilaktika maqsadlarida karantinga yopiladi. 

Eslatib o`tamiz, bugun O`zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.

Ayni vaqtda O`zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirokida koronavirus mavzusiga bag`ishlangan brifing boshlanishi kutilmoqda. Ma`lumotlarga qaraganda brifingdan so`ng,  mazkur cheklov rasman e`lon qilinishi kutilmoqda. 

 

    Boshqa yangiliklar