AsosiyJamiyat

Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi

'Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi'ning rasmi

Bugun 15 mart kuni Bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida OAV vakillari va blogerlar uchun brifing tashkil etildi. Unda O`zbekistonda koronavirus keng tarqalishining oldini olish maqsadida ommaviy tadbirlarni bekor qilish, ta`lim va maktabgacha ta`lim muassasalarini yopilishi ma`lum qilindi.Bu haqda Davletov.uz kanali ma`lum qildi

 Shu jumladan quyidagi chora-tadbirlar ham nazarda tutilgan.

⚡️16 martdan barcha davlat va nodavlat ta`lim muassasalarida (bog`cha, maktab va universitetlar) bahorgi kanikul e`lon qilinadi.                                                                                                                                

⚡️16 martdan O`zbekistonning chet el davlatlari bilan avia va avtomobil qatnovlari to`xtatiladi.

⚡️O`zbekiston fuqarolarining chet davlatlarga chiqishi, chet davlat fuqarolarining O`zbekistonga kirishi taqiqlanadi. Chet davlatlardagi O`zbekistonliklarning qaytishiga shart-sharoit yaratiladi.

⚡️Hukumat barcha diniy idoralarga diniy marosimlarni o`tkazishni vaqtincha cheklash bo`yicha murojaat qiladi.

⚡️Hukumat karantin vaqtida narx-navoni asossiz oshirish holatlariga qarshi keskin choralar ko`radi. Bunga Bosh prokuratura huzuridagi departament ham Davlat soliq qo`mitasi jalb qilinadi. Oziq-ovqat va boshqa zaxiralar etarli darajada g`amlangan.

⚡️Toshkentdan viloyatlarga qaytadigan talabalarga temir yo`llari va samolyotlarda 50% chegirma beriladi.

Koronavirus vaqtida fuqarolar savollariga javob berish uchun (ertadan) yagona koll-markaz tashkil qilinadi.

⚡️Majlislar to`xtatiladi

Barcha davlat va nodavlat tashkilotlari tomonidan majlis hamda boshqa o`tkazish vaqtinchalik to`xtatiladi

Boshqa yangiliklar