AsosiySalomatlik

Charter reysda xorijdan olib kelingan o`zbekistonliklar «Energetik», «Bo`ston» va «Chotqol» sanatoriylariga joylashtiriladi

'Charter reysda xorijdan olib kelingan o`zbekistonliklar «Energetik», «Bo`ston» va «Chotqol» sanatoriylariga joylashtiriladi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov O`zbekiston 24 telekanali orqali jonli efirda O`zbekistonda koronavirus qayd etilgani masalasida ma`lumot berdi.  

Shu bilan birga xorijdagi o`zbekistonlik fuqarolar ham bir martalik reyslarda olib kelinishini, ularni nazoratga olish uchun mamlakatda shifoxonalar tayyorlanganini qayd etdi. 

"Xorijiy mamlakatlardan charter reyslarda O`zbekistonga olib kelinadigan fuqarolar Toshkent viloyatidagi sanatoriylarda izolyasiya muddatini o`taydi, dedi vazir.  

Uning so`zlariga ko`ra, bugun Janubiy Koreyadan charter reys bilan O`zbekistonning 250 nafar fuqarosi olib kelinadi. Ular Toshkent viloyatidagi «Energetik», «Bo`ston» va «Chotqol» sanatoriylariga joylashtiriladi.

#vahimasizkarantin

Boshqa yangiliklar