BMT Bosh Assambleyasining 2012 yil 28 iyun kuni qabul qilgan rezolyusiyasiga binoan sayyoramizdagi har bir insonning baxtga intilishini qo`llab-quvvatlash maqsadida har yili 20 mart kuni Xalqaro baxt kuni (International Day of Happiness) nishonlanadi.
Bayramdan ko`zlangan asosiy maqsad har bir inson baxtli bo`lishga haqli ekanini ko`rsatishdan iborat. Buning uchun faqat harakat, harakat va yana harakat zarur. Baxtli bo`lish esa juda ham osondir.
Baxt faqat mol-dunyo, amal, martaba yoki o`tkinchi his-tuyg`ulardan iborat emas. Insonga berilgan har bir ne`mat baxtdir. Kishining oilasi, bola-chaqasi tinch-xotirjam bo`lsa, tanasi sog`-salomat bo`lib, ovqatlangani taomi bo`lsa, bunday inson o`zini baxtli hisoblasa bo`ladi.
Har bir inson baxtga to`lib yashasin!