"VAQF" xayriya jamoat fondi tomonidan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, shu jumladan imkoniyati cheklangan shaxslarni moddiy va ma`naviy qo`llab-quvvatlash maqsadida Toshkent viloyati, Toshkent tumani, Oltintepa mahallasidagi "Abdulloh Ibn Abbos" jome masjidi hududida yana bir "Vaqfmed" dorixonasi tashkil etildi.
Bunday dorixonaning birinchisi Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumanidagi “Oltintepa” jome masjidi hududida ochilgan edi.
Bugun – 20 mart kuni Oltintepa mahallasidagi "Abdulloh Ibn Abbos" jome masjididagi dorixonaning ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Unda "VAQF" xayriya jamoat fondi boshqaruvi rahbari Iskandar Xalilov va mahalla faollari ishtirok etdi.
Fond rahbari tomonidan Oltintepa mahallasi raisiga 250 dona tibbiyot niqoblari bepul berildi.