AsosiySiyosat

Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi

Komissiya davlat organlariga bir qator tavsiyalar berdi.

'Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti Oliy Majlisga taqdim etildi'ning rasmi

Oliy Majlis palatalari kengashlarining 2022 yil 15 iyuldagi qo‘shma qarori bilan Ombudsman F.Eshmatova boshchiligida 14 nafar deputatlar, senatorlar, nodavlat tashkilotlar va jamoatchilik vakillaridan tashkil topgan Qoraqalpog‘istonda ro‘y bergan voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiyaning axboroti Parlament palatalari kengashlarining qo‘shma yig‘ilishida ko‘rib chiqildi.

Komissiya, Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarning kelib chiqish sabablari, xronologiyasi va oqibatlari, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda davlat idoralari va huquq-tartibot organlarining harakatlariga baho berdi, voqealar ishtirokchilariga nisbatan sud majlislarini kuzatdi, 30 nafar sudlanuvchi komissiya iltimosiga ko‘ra sud zalidan ozod etildi, sudlanuvchilar saqlanayotgan tergov hibsxonalariga monitoring tashriflarini amalga oshirdi, shuningdek voqealardan keyin Qoraqalpog‘istonda amalga oshirilgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlarni kuzatib bordi.

Komissiya faoliyati davomida fuqarolardan kelib tushgan jami 600 dan ortiq murojaat ijobiy hal etdi. 50 dan ortiq davlat va nodavlat tashkilotlarga tashrifi davomida 590 nafar xodim, 334 nafar qamoq jazosini o‘tab chiqqan shaxslar bilan suhbatlashdi.

Jinoyat ishi doirasida sudgacha qamoqqa olingan jami 168 nafar shaxsning 107 nafari (2 nafar ayol) Komissiya iltimosnomasiga ko‘ra oilasiga qaytarildi.

Komissiya BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qildi, shuningdek xalqaro nohukumat tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari bilan muloqotda bo‘lib turdi.

Komissiya tomonidan uning faoliyati Internetning “Telegram” ijtimoiy tarmog‘idagi “Independent Commission_uz”rasmiy sahifasida (o‘zbek, qoraqalpoq, rus tillarida) to‘liq e’lon qilib borildi.

Qoraqalpog‘istonda yuz bergan voqealarning ishtirokchilaridan 943 nafari huquqbuzarliklar sodir etganligi uchun ogohlantirilgan, 6 135 nafariga ma’muriy jarima, 2 639 nafariga ma’muriy qamoq jazosi belgilangan, 61 nafari jinoyatlar sodir etganligi aniqlanganligi qayd etildi.

Tartibsizliklar natijasida fuqarolar va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlarining og‘ir tan jarohati olishi va halok bo‘lishi, shuningdek, fuqarolar va davlat idoralarining mol-mulkiga katta miqdorda (6,8 mlrd so‘m) moddiy zarar yetganligi ma’lum bo‘ldi.

Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ommaviy tartibsizliklarni ma’muriy binolardan uzoqlashtirish, va tarqatib yuborish, ma’muriy bino va strategik obyektlarni egallashga urinishlarni bartaraf etish maqsadida xalqaro amaliyotda qo‘llaniladigan vositalar (suv va rangli suyuqlik purkovchi texnika, ko‘zdan yosh oqizuvchi maxsus granatalar)dan foydalanilgan.

Ommaviy tartibsizliklar davomida 21 nafar fuqaro, shu jumladan 2 nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari vafot etgan va 413 nafari jarohatlangan (shundan 183 nafari huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari).

Tergov va sud jarayonida ishtirok etgan gumonlanuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari (advokat, tibbiy yordam, telefonda so‘zlashish va h.k.) to‘liq ta’minlangan, sud qarorlari ustidan shikoyat kiritish imkoniyati berilgan. Barcha sud jarayonlari ochiq va shaffof o‘tkazilganligi qayd etildi.

Shu bilan birga, ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish jarayonlarida inson huquqlari va ularning qonuniy manfaatlarini buzishga yo‘l qo‘ygan ichki ishlar organlari xodimlarining 3 nafari jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, davlat organlariga komissiya quyidagi tavsiyalarni bildirdi:

– kelgusida davlat va jamiyat hayotiga daxldor muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida umumxalq muhokamasi bosqichida mazmun-mohiyatini, unda ishtirok etish mexanizmlarini fuqarolarga to‘laqonli tushuntirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;

– barcha darajadagi davlat hokimiyati organlariga muhim siyosiy va boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilish jarayonida ehtimoliy haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan, chalg‘ituvchi va noxolis ma’lumotlar tarqalishi (dezinformatsiya) holatlariga o‘z vaqtida ta’sirchan munosabat bildirish tizimini yo‘lga qo‘yish;

– fuqarolarga o‘z ijtimoiy faolliklarini amalga oshirish jarayonida o‘zga shaxslarning huquqlarini poymol qilishga yo‘l qo‘ymaslik va jamoat tartibiga rioya qilishning muhimligini izchil tushuntirib borish;

– aholi ko‘p to‘planadigan va ko‘ngilochar joylarda bo‘luvchi fuqarolarning jamoat xavsizligiga tahdid soluvchi salbiy xatti-harakatlarini yuzaga kelishining oldini olishga qaratilgan doimiy profilaktik va tushuntirish kabi ta’sirchan chora-tadbirlarini amalga oshirib borish;

– ommaviy tartibsizliklarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan foydalaniladigan maxsus vositalarni qo‘llash va tartibbuzarlarni tarqatish bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni muntazam yetakchi xorijiy davlatlar tajribasi asosida takomillashtirib borish.

Komissiyaning axborotini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha Oliy Majlis palatalari kengashlarining tegishli qarori qabul qilindi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Abdulla Aripov Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Siyosat Bugun 13:26

    Abdulla Aripov Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchixonasiga tashrif buyurdi

    Bosh vazir qardosh Ozarbayjon xalqiga ta’ziya bildirdi.

    'O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

    Siyosat 26.12.2024 20:22

    O‘zbekiston 2025 yilda Yevroosiyo taraqqiyot bankiga a’zo bo‘lishni rejalashtirmoqda

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etdi.

    'Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi'ning rasmi

    Siyosat 25.12.2024 19:18

    Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvida ishtirok etdi

    Uchrashuvda mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik hamda umumiy tahdid va xatarlarga qarshi kurashda MDH doirasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirish borasidagi dolzarb masalalar ham muhokama qilindi.

    'Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi'ning rasmi

    Siyosat 25.12.2024 15:43

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon va Rossiya Prezidentiga hamdardlik bildirdi

    Davlat rahbari Oqtouda samolyot halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

    '"Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?'ning rasmi

    Siyosat 24.12.2024 15:39

    "Axlat uchun pul to‘lamaganlar qorong‘ida o‘tiradimi?

    O‘zbekistonda chiqindidan qarzini to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muhlat beriladi.

    'O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi'ning rasmi

    Siyosat 20.12.2024 11:16

    O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lib kirish bo‘yicha AQSH bilan muzokaralarni yakunladi

    O‘zbekiston 1994 yilda JSTga a’zo bo‘lish uchun ariza bergan va 2020 yildan buyon bu yo‘nalishda faol ish olib bormoqda.