Ayrim OAV tarqatayotgan ma`lumotlarga ko`ra, Toshkent shahri Yunusobod tumani aholisiga elektr energiyasi haqini to`lash bo`yicha boshqa abonentlarga qaraganda teng bo`lmagan sharoitlar yaratilgan.
Bu hol 2019 yil 1 yanvardan Yunusobod tumanida yoqilg`i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida joriy qilingan yangi eksperimental haq to`lash tizimining joriy qilinganligi bilan izohlanmoqda.
Energetika vazirligi Matbuot xizmatining bergan ma`lumotiga ko`ra, hozirgi paytda, karantin bilan bog`liq vaziyatni, ya`ni aholining ko`pchilik qismi o`z vaqtini uy sharoitida o`tkazishini hisobga olgan holda, vazirlik tomonidan Adliya vazirligiga va Moliya vazirligiga ushbu tajribaning bekor qilinishini so`rab, murojaatnoma yuborildi.
Shu munosabat bilan Yunusobod tumani aholisi uchun bazaviy me`yorni bekor qilish bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rilmoqda.