Ijtimoiy tarmoqlarda "Koronovirusning dorisi topilibdi" - degan xabarlar tarqatilmoqda. Mutasaddilar afsuski bu dori emas, balki virus bor - yo`qligini aniqlovchi test ekanligini ta`kidlashmoqda.
Eslatib o`tamiz, vahima tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma`lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so`mdan 89 mln 200 ming so`mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.