Qanday holatda xodimga masofadan ishlashga ruxsat beriladi?
Ushbu savolga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari Erkin Muhitdinov onlayn o`tkazilgan brifingda javob berdi.
Karantin tadbirlari davrida ish beruvchi xodim (ayniqsa homilador ayollar, keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar, surunkali kasalliklarga chalingan shaxslar)ni ularning roziligi bilan masofaviy (distansion) mehnat va kasanachilik asosidagi mehnatga o`tkazishi mumkin.
Bunday tartib joriy qilinganda mehnat ta`tiliga chiqayotgan xodimlar yoki ish beruvchi bilan kelishib masofadan turib ishlash usuliga o`tgan xodimlar tegishli tartibda ish beruvchining buyrug`i bilan rasmiylashtirilgan holda amalga oshiradi.
Bunda xodim tomonidan masofaviy mehnat doimiy ish joyidan tashqarida, texnik vositalar (kompyuter, aloqa vositalari, shu jumladan Internetga ulanish va h.k.) mavjud bo`lgan taqdirda elektron hujjatlar almashinuvidan foydalangan holda yo`lga qo`yiladi.