Yevroittifoq Suriyada fuqarolar urushi boshlanganidan keyin joriy etilgan sanksiyalarni bekor qiladi. Bu haqda Yevropa diplomatiyasi rahbari Kaya Kallas ma’lum qildi.
"Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni bekor qilish masalasida tezkor harakat qilishni maqsad qilgan. Biroq Suriyaning yangi hukumati mamlakatda “noto‘g‘ri qadamlar qo‘ygan taqdirda” qaror qayta ko‘rib chiqilishi mumkin" — deya ogohlantirgan Kallas.
Yevropa diplomatiyasi rahbari birinchi navbatda qaysi sanksiyalar bekor qilinishini aniqlashtirmadi.
Ma’lumot uchun: Yevropa Ittifoqi 2012 yilda, Bashar Asad rejimi va isyonchi guruhlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik fuqarolar urushiga aylanib ketganidan ko‘p o‘tmay, Suriyaga qarshi sanksiyalar joriy eta boshlagan. Joriy etilgan sanksiyalar asosan hukumat va harbiy tuzilmalar bilan bog‘liq.