AsosiyJamiyat

Mutasaddilar koronavirus pandemiyasida odamlarni chalg`itish maqsadida aksiya o`tkazishmoqda. Birinchi ishtirokchisi Ozodbek Nazarbekov

'Mutasaddilar koronavirus pandemiyasida odamlarni chalg`itish maqsadida aksiya o`tkazishmoqda. Birinchi ishtirokchisi  Ozodbek Nazarbekov'ning rasmi

Ilk bor mashhur o`zbek siyosatchilari, madaniyat xodimlari, vazirlar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ijtimoiy aksiya o`tkaziladi. Mutasaddilar koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashishga o`z hissasini qo`shishni istashmoqda.

Shu bois ular xalqqa intellektual savol bilan yuzlanib, qiziqishlari haqida so`raydi.

So`rovnomaga to`g`ri javob topganlarning suratlari e`lon qilinadi va esdalik sovg`alar bilan taqdirlanadi.

Shu kunlarda siz uyda qoling, kuningizni maroqli o`tkazing, savollarga javob izlang, toping va taniling!

Hali bunday mutasaddilar, arboblar, taniqli shaxslar bilan intellektual o`yinda qatnashmaganingiz aniq. Shunday ekan imkoniyatdan foydalaning. Topqirligingizni butun xalq ko`rsin. #Biz_koronavirusni_yengamiz #Biz_barcha_tavsiyalarga_amal_qilamiz shiorlari ostidagi ijtimoiy aksiyamizga qo`shiling.

Loyihaning ilk qatnashchisi — O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri va O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov bo`ladi.

Savollar bugun, 23 mart kuni soat 19:30 da COVID-19ni yengamiz telegram kanalida e`lon qilinadi.

Aksiyaning maqsadi bugungi murakkab sharoitda aholini birdamlikka chaqirish, vahimaga berilmaslik va vaqtni maroqli o`tkazishdan iboratdir. Uyda qolib, mashhur insonlarning savollariga javob topib, shaxsiy esdalik sovg`alarni qo`lga kiriting!

Savol egasi, vazir, senator, deputat balki elchi bo`lishi mumkin. Ularning shaxsiy esdalik sovg`alarini qabul qilib olishni istasangiz COVID-19ni yengamiz telegram kanaliga qo`shiling. Savolni kuting, to`g`ri javobni yo`llang. Vaqtingizni mazmunli o`tkazing.

 

    Boshqa yangiliklar