AsosiyJamiyat

Kasb vazifasini bajarayotganlarga kuch ishlatgan, haqoratlaganlar javobgarlikka tortiladi

'Kasb vazifasini bajarayotganlarga kuch ishlatgan, haqoratlaganlar javobgarlikka tortiladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. 

Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik ko`zda tutilgan?

O`z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka  sabab bo`ladi.

Xususan, bunday noqonuniy harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan: 

  •  qasddan odam o`ldirish jinoyatini sodir etish – 15 yildan 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod ozodlikdan mahrum qilish bilan;
  •  qasddan badanga og`ir shikast etkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
  •  qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
  •  o`ldirish yoki zo`rlik ishlatish bilan qo`rqitish – 300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
  • haqorat qilish – BHMning 400 baravaridan (89 mln 200 ming so`m) 600 baravarigacha (133 mln 800 ming so`m) miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar