AsosiyDunyo

Nyu-Yorkda qariyb 100 ta polisiyachi koronavirusni yuqtirib oldi

'Nyu-Yorkda qariyb 100 ta polisiyachi koronavirusni yuqtirib oldi'ning rasmi

Koronavirus qanday kasb vakillariga ko`proq xavf tug`dirmoqda? Bu savolga tibbiyot xodimlari va polisiyachilar deb javob berish mumkin. Buni keyingi vaqtlarda internet tarmog`ida berib borilayotgan xabarlardan ko`rish mumkin. Shunday holatlardan biri AQShning yirik shaharlaridan birida sodir bo`ldi. Nyu-Yorkda 98 nafar polisiyachi koronavirusni yuqtirib oldi, deya ma`lum qildi Nyu-York polisiya shefi Dermot Shi.

Hozir Nyu-York polisiyasi o`zlarining odatiy vazifalaridan tashqari virus tarqalishining oldini olish maqsadida shahar ko`chalarida odamlar ko`p to`planmasligini ham nazorat qilyapti.

Koronavirusni yuqtirgan polisiyachilardan 95 nafari uyda davolanmoqda, deb yozadi «RIA Novosti».

Nyu-Yorkda jami 9045 ta koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgan bo`lib, shundan 63 nafari hayotdan ko`z yumgan. Shahar meri Bill de Blazioning so`zlariga ko`ra, shaharda kasallanganlar soni butun mamlakat bo`yicha barcha holatlarning uchdan bir qismini tashkil etadi.

AQSh yangi virus bilan kasallanganlar soni bo`yicha dunyoda XXR va Italiyadan so`ng uchinchi o`rinda turibdi.

Boshqa yangiliklar