AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Bo‘lajak "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik doirasida mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

'Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi'ning rasmi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7 fevral kuni Yaponiya Bosh vazirining maxsus maslahatchisi Akixisa Nagasima boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, ko‘p qirrali hamkorlik va amaliy sheriklikni kengaytirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Maxsus maslahatchi Akixisa Nagasima davlatimiz rahbariga Yaponiya Bosh vaziri Sigeru Isibaning salomi va shaxsiy maktubini yetkazdi.

Yaponiya O‘zbekistonda qonun ustuvorligiga asoslangan erkin va ochiq xalqaro hamkorlikni ta’minlash va mustahkamlashda o‘zining ishonchli va uzoq muddatli strategik sherigini ko‘rayotgani ta’kidlandi.

Yaponiya hukumati iqtisodiy va innovatsion hamkorlik, energetika, sanoat, infratuzilma va ijtimoiy sohalardagi kooperatsiya, jadal ta’lim va madaniy almashinuvlar, turizm va mehnat migratsiyasi dasturlari, shuningdek, samarali mintaqaviy hamkorlik kabi keng ko‘lamli yo‘nalishlarda ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanib borayotganini yuksak baholayotgani alohida qayd etildi.

2024 yilda mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 35 foizga oshdi. Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari bilan loyihalar portfeli 12 milliard dollardan ziyodni tashkil etmoqda. O‘zbekistonda 100 ga yaqin qo‘shma korxona va tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston-Yaponiya markazi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston yetakchisi oliy va yuqori darajadagi faol muloqotlar va o‘zaro tashriflarni davom ettirish muhimligini qayd etdi. Savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy-texnik sohalardagi, shu jumladan Yaponiya hukumatining Taraqqiyotga ko‘maklashish dasturi doirasidagi hamkorlikning kun tartibi sermazmun ekani mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya hukumatiga joriy yil aprel oyida Osaka shahrida boshlanadigan "Ekspo" butunjahon ko‘rgazmasini muvaffaqiyatli o‘tkazishni tiladi.

Bo‘lajak "Markaziy Osiyo + Yaponiya" formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik doirasida mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi'ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 15:13

    Kelasi yildan pedagoglar uchun davlat xizmatlari to‘lovi 2 karra kamaytiriladi

    Davlat rahbari pedagoglarni yanada qo‘llab-quvvatlash maqsadida yangi tashabbuslarni ilgari surdi.

    'So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi'ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 15:09

    So'nggi sakkiz yilda jami talabalar soni 250 mingdan 1,5 millionga yetdi

    Oliygohlar soni ham 77 tadan 202 tagacha koʻpayib yoshlarga oliygohlarga kirishda tanlov imkoniyati oshirildi.

    'Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 14:53

    Texnikum o‘qituvchilari uchun ham kasbiy sertifikatlash tizimi joriy etiladi

    Har yili 500 nafar muallim ilg‘or xorijiy ta’lim tashkilotlariga, yana 500 nafar kasb ustalari esa chet eldagi yirik korxonalarga stajirovkaga yuboriladi.

    'Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi'ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 14:42

    Investor – tarmoq – texnikum zanjiri asosida texnikumlarda dual taʼlim yoʻlga qoʻyiladi

    Yangi o‘quv yilidan 100 ta texnikumda Germaniya, Shveysariya, Xitoy, Koreya, Britaniya kabi davlatlar bilan ta’lim bo‘yicha hamkorlik qilinadi.

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 14:32

    ''ning rasmi

    Siyosat 15.09.2025 14:23