AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni neft narxini keskin oshirdi

Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Saudiyadan neft narxini pasaytirishni so‘ragan.

'Saudiya Arabistoni neft narxini keskin oshirdi'ning rasmi

Saudiya Arabistoni neft narxini Yevropa va Osiyo xaridorlari uchun oshirishga qaror qildi. Bu haqda The Moscow Times xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Osiyoga yetkazib beriladigan asosiy nav Arab Light neftining narxi mart oyidan boshlab bir barrel uchun 2,4 dollarga oshiriladi. Bu 2022 yil avgustidan beri eng yuqori o‘sish hisoblanadi. O‘shanda Rossiya bosqinidan so‘ng asosiy nav bo‘lgan Brent neftining bir barreli 100 dollar atrofida sotilgandi.

Saudi Aramco xabariga ko‘ra, natijada Arab Light’ning bir barreli Ummon/Dubay neftlariga nisbatan 3,9 dollarga qimmatlashadi. Mart oyida Saudiyadan neft sotib olishni xohlagan Yevropa kompaniyalar uchun narx bir barrel uchun 3,2 dollarga oshiradi. Ammo, AQSH xaridorlar uchun narxning oshishi juda kichik — faqat 0,1–0,3 dollar bo‘ladi.

Ta’kidlanishicha, Saudi Aramco xabaridan so‘ng neft narxi pasayishdan ko‘tarilishga o‘tgan: AQSHning WTI navi taxminan 0,4 foizga oshib, bir barrel uchun mos ravishda 75 va 71,4 dollarni tashkil etgan.

Bozor AQSH prezidenti Tramp tomonidan boshlanishi mumkin bo‘lgan savdo urushi tufayli salbiy kutilmalarga duch kelmoqda. Bu urush jahon iqtisodiyoti o‘sishining sekinlashishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, Tramp o‘z administratsiyasiga Eronga nisbatan iqtisodiy bosimni kuchaytirish topshirig‘ini bergani haqida xabar tarqaldi. Biroq bu narxlarning pasayishini to‘xtata olmadi.

Tramp Ukrainadagi urushni to‘xtatish uchun Saudiyadan neft narxini pasaytirishni so‘ragan

Yanvar oyi oxirida Donald Tramp Saudiya Arabistoni va OPЕKdan neft narxini pasaytirishni so‘rash niyatida ekanini ma’lum qilgan va ularning nima uchun “AQSH saylovidan oldin buni qilmaganiga” hayron bo‘lgan.

“Men Saudiya Arabistoni va OPЕKdan neft narxini pasaytirishni so‘rayman. To‘g‘risini aytsam, ular buni saylovdan oldin qilmaganiga hayronman. Agar narx pasaysa, Rossiya va Ukraina urushi darhol tugardi. Ayni paytda mazkur urush davom etishi uchun narx ancha yuqori. Neft narxini pasaytirish kerak. Siz bu urushga chek qo‘yishingiz mumkin. Ular buni allaqachon qilishi kerak edi”, degandi Tramp.

Saudiya Arabistoni Trampga neft masalasida javob bermagan. Biroq Saudiya Arabistoni iqtisodiyot va rejalashtirish vaziri Faysal Alibragimning aytishicha, jahon bozorida neftga bo‘lgan talab ortmoqda. Shu sababli, Saudiya Arabistoni bu talabni qondirish uchun samarali yetkazib berishni ta’minlash zarur deb hisoblaydi.

    Boshqa yangiliklar