AsosiyJamiyat

Davergeodezkadastr qo`mitasi masofadan turib ishlovchilar uchun "Audio konferensiya" tizimini taqdim etdi

'Davergeodezkadastr qo`mitasi masofadan turib ishlovchilar uchun "Audio konferensiya" tizimini taqdim etdi'ning rasmi

Hozirgi kun talabidan kelib chiqib, Davergeodezkadastr qo`mitasi masofadan turib ishlash va ish unumdorligini ta`minlash bo`yicha barcha davlat va nodavlat idoralar uchun Audio konferensiya (audio selektor) tizimini bepul taqdim etadi. Bu haqda qo`mita axborot xizmati xabar berdi.

Tizimning afzalliklari:

Audio selektorga ulanish uchun foydalanuvchilarga qo`shimcha uskuna talab etilmaydi, ularda oddiy ☎️ uy telefoni yoki 

📱mobil telefon bo`lishi kifoya. Telefon orqali tizimda muloqot qilish mumkin.  

Davlat va nodavlat idoralar uchun eslatma: Audio selektor tizimini telekommunikasiya operatori tomonidan SIP-kanallari orqali ulash etarli.  

Xodimning uyda qolishi korxonangiz ishiga xalaqit qilmaydi, agarda Siz ushbu tizimdan foydalansangiz.

Audio selektorning avzalliklari:

1.  Yuklab olish va foydalanish bepul;

2.  Oddiy va tushunarli boshqaruv interfeysi;

3.  100 tagacha ishtirokchilarni aloqaga qo`shish imkoniyati;

4.  Bir vaqtning o`zida barcha ishtirokchilar bilan muloqot qilish imkoniyati;

5.  Konferensiyada barcha ishtirokchilar bir-birlarini tinglashi mumkin;

6.  Muhim audio selektorlarni yozib olish funksiyasi mavjud.

 

Boshqa yangiliklar