1

Koronavirus bilan xastalanganlarni davolayotgan shifokorlar uchun rag`batlantiruvchi to`lovlar miqdori belgilandi

Jamiyat 26.03.2020, 20:02
Koronavirus bilan xastalanganlarni davolayotgan shifokorlar uchun rag`batlantiruvchi to`lovlar miqdori belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoev “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo`llab-quvvatlashga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi.

Qarorga muvofiq:  

  • koronavirus infeksiyasidan zararlangan bemorlar bilan muloqotga kirishadigan;  

 

  •  zararlangan bemorlar joylashtirilgan ob`ektlarda hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun quyidagi miqdorlarda (soliqlardan tashqari) maxsus qo`shimcha rag`batlantirish to`lovi belgilandi:

 

  •  vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga – 25 million so`m;

 

  • o`rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga – 15 million so`m;

 

  • kichik tibbiyot xodimlariga – 10 million so`m;

 

  • boshqa xodimlarga – 5 million so`m.

 

Maxsus to`lovlar karantin amal qiladigan muddat davomida, shu jumladan joriy yilning mart oyi uchun, xodimning  har 14 kunlik faoliyat davri yakunida to`lab beriladi.

  • Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasi  yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so`m;  

 

  • koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og`ir ahvolga tushgan va sog`lig`i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a`zolariga  esa 250 million so`m miqdorida bir martalik to`lovlar to`lanadi.  

 

 Ushbu to`lovlar qonun hujjatlari, shuningdek, jamoa shartnomalari va boshqa lokal hujjatlar hamda mehnat shartnomasiga muvofiq xodimning sog`lig`iga shikast etkazilganligi yoki uning vafoti munosabati bilan to`lanadigan to`lovlarni saqlab qolgan holda qo`shimcha ravishda amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1