AsosiyJamiyat

Koronavirusdan zararlangan yana bir fuqaro sog`lom hayotga qaytdi

'Koronavirusdan zararlangan yana bir fuqaro sog`lom hayotga qaytdi'ning rasmi

SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar berishicha bugun koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlardan yana biri butunlay sog`ayib, oilasi bag`riga kuzatildi. Xastalikdan forig` bo`lgan fuqaro shifokorlarga alohida minnatdorchilik bildirdi.  

Ushbu fuqaro, joriy yil 14 mart kuni London – Toshkent yo`nalishidagi reys bilan poytaxtimizga kelgan. 16 mart kuni unda koronavirusning yangi turi Covid-19dan zararlanish holati aniqlangan edi.  

Xabarda aytilishicha o`tgan vaqt davomida bemor Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida to`liq davolangan.  

E`tirof etish joizki,  fidoyi shifokorlarimiz tomonidan kecha-yu kunduz tibbiy nazoratga olingan holda, xalqaro stantdartdlar asosida zarur davolash muolajalari olib borilgani ushbu bemorning butkul sog`ayishini ta`minladi.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda nafaqat poytaxtimizda, balki viloyatlarda ham tibbiyot xodimlari koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarimiz sog`ayib ketishlari uchun bor mahoratlarini ishga solgan holda qahramonlarcha kurashmoqda. Ayni paytgacha kasallikdan sog`ayganlar soni 8 nafarga etdi.

Boshqa yangiliklar