AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 23 ta holatda fuqarolar to`y yoki boshqa yig`inlarni o`tkazganliklari uchun javobgarlikka tortilgan

'O`zbekistonda 23 ta holatda fuqarolar to`y yoki boshqa yig`inlarni o`tkazganliklari uchun javobgarlikka tortilgan'ning rasmi

Bugungi kunga kelib karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog`liq jami – 17 668 ta holat aniqlangan, bir sutka davomida 2 700ta.  Bu haqda  Ichki ishlar vaziri matbuot kotibi Shohrux G`iyosov  ma`lum qildi.  

Undan tashqari 4 nafar qoidabuzarga nisbatan Jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Ma`muriy javobgarlikka tortilganlardan 17 109 tasi tibbiy niqob taqmasdan yurgan fuqarolarni tashkil qilgan.  

✅ 149 ta holatda vaqtincha to`xtatilgan savdo va ko`ngilochar maskanlarni ishini davom ettirgan.  

✅ 314 holatda karantinga olingan fuqarolar karantin hududini tashlab ketganlar.  

✅ Karantin hududi bu shifoxona va Sizning uyingiz hisoblanadi. 23 ta holatda fuqarolarimiz to`y marosimlarini yoki boshqa ta`qiqlangan yig`inlarni o`tkazganliklari uchun javobgarlikka tortilganlar.

    Boshqa yangiliklar