Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash butun dunyoda, shu jumladan O`zbekistonda ham davom etmoqda hamda antiseptik vositalarga bo`lgan talab oshib bormoqda.
Yaqinda O`zbekiston matbuotida Moliya vazirligi fuqarolarning antiseptik vositalariga bo`lgan talabini oshishi hamda ushbu vositalar taqchiligiga yo`l qo`ymaslik maqsadida etil spirti sotuvi ustidan bilvosita nazorat o`rnatayotgani ma`lum qilindi.
Yuqorida ta`kidlanganidek, antiseptik vositalarga bo`lgan talab butun dunyoda oshib bormoqda va ko`p mamlakatlarda ushbu vositalar taqchiligiga yo`l qo`ymaslik yo`lida tadbirkorlar o`z xalqiga va davlatiga katta yordam bermoqda.
Bir qator mamlakatlarning pivo, vino va boshqa alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalari koronavirus infeksiyasi tarqalib borayotgan vaziyatda dezinfeksiya vositalari ishlab chiqishga o`tishlarini e`lon qildilar. Bunday kompaniyalar orasida Bacardi, Pernod Ricard USA, Amber Beverage Group (ABG), BrewDog, Corby Spirit i Wine Limited va boshqa yirik ishlab chiqaruvchilar bor.
Bir murojaat tarixi
Joriy yilning 16 mart kuni AQShlik Melissa Xensvort i Tara Engel koronavirus (COVID-19) kasalligining tarqalishi tufayli talab alohida yuqori bo`lgan antiseptik qo`l yuvish vositalari va sovunlarning do`konlarda tanqisligi sababli Fransiyaning “Pernod Ricard” alkogol mahuslotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyasining aroq-vino zavodlarini ushbu vositalarni ishlab chiqarishga vaqtincha moslashtirish taklifi bilan kompaniyaning AQShdagi mintaqaviy rahbari Enn Muxerdjiga murojaat qildilar
va kompaniya rahbariyati bu taklifni qo`llab-quvvatladi.
Keyinchalik, Enn Muxerdji “Pernod Ricard” kompaniyasining aholi salomatligi loyihasi haqida gapirganida bu ikki ayolning ushbu loyihani amalga oshirilishida asosiy sababchilaridan ekanini e`tirof etadi.
Tadbirkorlardan “labbay”
20 martga kelib “Pernod Ricard” kompaniyasining Arkanzas shtati Fort-Smit shahrida joylashgan va odatda “Malibu” kokos romi va “Seagram`s” djini ishlab chiqaradigan zavodi 1 000 dona qo`l uchun dizenfeksiya vositasini ishlab chiqardi. Ertasi kuni, AQSh prezidenti Donald Tramp matbuot anjumani davomida “Pernod Ricard” kompaniyasining bunday harakatlari biznes koronavirusga qarshi kurashda qanday ishtirok etishining yorqin namunasi ekanini ta`kidlab o`tdi.
Pernod Ricard kompaniyasi xabariga ko`ra dezinfeksiya vositalari kompaniyaning barcha zavodlari va boshqa ishlab chiqarish maydonlarida tayyorlanadi. Tayyor mahsulotlarkasalxonalar va boshqa joylarni antiseptik vositalari bilan ta`minlash uchun davlatga taqdim etilishi xabar qilingan. Bundan tashqari, Pernod Ricard antiseptik vosita ishlab chiqarish uchun zarur bo`ladigan 70 000 litr spirtni Fransiyaning “Cooper” labaratoriyasiga hadya qildi. Aprel oyida ushbu laboratoriyada 1 800 000 shisha antiseptik vositasi ishlab chiqarilishi kutilyapti.
Keyinchalik, AQShdagi ko`plab alkogol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi zavodlar, mayda viski ishlab chiqaruvchi zavodlardan to Puerto-Rikodagi yirik “Bacardi” kabi rom ishlab chiqaruvchi zavodlargacha dezinfeksiya vositalari ishlab chiqarishga qayta ixtisoslashgan zavodlar qatoridan joy olishdi. Jumladan, Bacardi1 700 000 dona antiseptik vositalari ishlab chiqarishini e`lon qildi.
“Guinness” pivosi, “Smirnoff” arog`i va “Johnnie Walker” viskisi brendlariga ega bo`lgan Buyuk Britaniyaning Diadjio (Diageo) alkogol ichimliklar ishlab chiqaruvchisi sog`liqni saqlash tizimiga yordam berish uchun qo`llarni dezinfeksiya qilish vositasini ishlab chiqarishga 2 000 000 litr spirt ajratishini ma`lum qildi. Natijada, 8 250 000 shisha antiseptik vositasi tayyorlash mumkin bo`ladi.
Litvaning alkogol ishlab chiqaruvchi yirik Vilniaus degtinė ham dezinfeksiya vositalari ishlab chiqarishni boshlagan. Latviyada ham alkogol ishlab chiqaruvchi bir nechta zavodlar antiseptik vositalariga bo`lgan katta talabni qondirish maqsadida ushbu vositani ishlab chiqarishga ixtisoslashmoqda.
Amerika qo`l hunarmandchiligi assosiasiyasining bergan ma`lumotga ko`ra, ushbu mamlakatning o`zida alkogol ishlab chiqaruvchilarning 3/4 qismi hozirgi kunda dizenfeksiyalash vositalari sifatida foydalanishga mo`ljallangan spirt mahsulotlari ishlab chiqarishni yo`lga qo`ymoqda.
Kanadada joylashgan “Corby Spirit and Wine Limited” alkogol ishlab chiqaruvchi kompaniyasi antiseptik vositalar taqchilligini bartaraf qilish bo`yicha mamlakat hukumati bilan aloqada ishlayotganini ma`lum qildi.
O`zbekiston tadbirkorlariga murojaat
O`zbekistonda ham 60 dan ortiq vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar mavjud.
Koronavirus infeksiyasi bo`yicha kasallanish ko`rsatkichining tobora ortib borayotgan bugungi sharoitda biz ham O`zbekistonning vino-aroq mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarni aholi va tibbiyot tashkilotlarini antiseptik vositalar bilan ta`minlashga o`z hissalarini qo`shishga chaqiramiz.
A.Madaminov, huquqshunos