AsosiyJamiyat

Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi

Rossiyaning Saratov viloyatida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan “Lada Largus” yo‘lda turgan yuk mashinasiga urilgan. Oqibatda yengil avtomobil yonib ketgan.

'Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonlik fuqaro vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 16-aprel kuni Rossiyaning Saratov viloyati Dergachevskiy tumanida o‘zbekistonliklar ishtirokida YTH ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, hodisa soat 01:10 da viloyatning Tambov-Penza-Saratov-Pristannoye-Yershov-Ozinki trassasida sodir bo‘lgan. “Lada Largus” avtomashinasida bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari va trassada turgan, “Volvo” shatakchisi tarkibidagi “Autogalantas” yuk avtoulovi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan.

Oqibatda 1 nafar O‘zbekiston fuqarosi — yo‘lovchi, 1987-yilda tug‘ilgan K.F.Z. voqea joyida vafot etgan. 5 nafar o‘zbekistonlik (1968-yilda tug‘ilgan haydovchi, shuningdek, yo‘lovchilar — 2005 va 1991-yillarda tug‘ilgan erkaklar, 1980 va 2002-yillarda tug‘ilgan ayollar) turli jarohatlar bilan tuman shifoxonasiga joylashtirilgan.

Davlat avtoinspeksiyasining Saratov viloyati boshqarmasi to‘qnashuvdan so‘ng yengil avtomobil yonib ketganini ochiqladi.

“Holat Bosh konsulxona nazoratida. Vafot etgan fuqaroning jasadini vatanga qaytarish ishlari boshlangan, jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko‘rsatilmoqda”— , deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:05

    Buxorodagi xususiy klinikada 11 yoshli bola vafot etdi

    Bosh prokuratura holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    'Turkiyadan kelgan fuqaroning yuklari orasida qadimiy kitoblar borligi aniqlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:26

    ''ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:25

    'Toshkentda erkak o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat 18.04.2025 21:55

    Toshkentda erkak o‘yinchoq to‘pponcha bilan bankni o‘marmoqchi bo‘ldi

    Tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan bank xizmatlari markazida pul o‘marmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingan.

    '8 ta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 18.04.2025 20:45

    8 ta hududda sel kelish xavfi e’lon qilindi

    19-22 aprel kunlari kutilayotgan yomg‘irlar hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.