Blue Origin kompaniyasining NS-31 missiyasi doirasida koinotga butunlay ayollardan iborat ilk sayyohlik ekipaji parvoz qilib, muvaffaqiyatli tarzda Yerga qaytdi. Bu New Shepard raketasining 31-parvozi bo‘lib, kompaniya tarixidagi muhim burilish sifatida qayd etilmoqda, deb xabar bermoqda zamon.uz.
Jonli efirda namoyish etilgan ushbu suborbital safar taxminan 10-12 daqiqa davom etdi. Parvoz davomida ishtirokchilar bir necha daqiqa vaznsizlik holatini his qilib, koinotdan Yer sharini tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ushbu tarixiy missiyada estrada yulduzi Keti Perri, mashhur jurnalist va teleboshlovchi Geyl King, Amazon asoschisi Jeff Bezosning kelini va jurnalist Loren Sanches, NASA sobiq muhandisi Aisha Bou, bioastronavtika bo‘yicha mutaxassis Amanda Nguyen, hamda kino prodyuseri Kerian Flinn ishtirok etdi.
Blue Origin ushbu missiyani 1963 yilda Valentina Tereshkova amalga oshirgan ilk ayol kosmik parvozidan so‘ng eng muhim ayollar parvozi deb atadi. Missiya shuningdek, qayta ishlatiladigan raketa va kapsula texnologiyalarining yana bir muvaffaqiyatli namunasidir.