AsosiyDunyo

AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi

Yangi qonun loyihasi Rossiyani moliyaviy va sanoat jihatdan nishonga oladi.

'AQSH Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi'ning rasmi

AQSH Kongressining Vakillar palatasi a’zolari — demokrat Gregori Miks va sobiq spiker Steni Xoyer tomonidan Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish hamda Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi qonun loyihasi taqdim etildi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qonun loyihasi Rossiyaga moliya, neft, tog‘-kon sanoati va rasmiy shaxslarga nisbatan keskin sanksiyalar qo‘llashni nazarda tutadi. Shu bilan birga, eksport nazorati kuchaytirilishi, Ukrainaga xavfsizlik va qayta qurish uchun resurslar ajratilishi belgilangan.

Gregori Miksning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Ukraina urushni adolatli va maqbul muzokaralar yo‘li bilan yakunlash imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’minlashi kerak.

Agar Ukraina inqirozi hal etilmasa, bu sanksiyalar yanada kuchaytirilishi rejalashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar