Nega shuncha cheklovlarga qaramay kundan-kunga koronavirus bilan kasallanganlar soni ortib bormoqda?
Ushbu savolga Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i Nurmat Atabekov AOKA huzuridagi shtabda o`tkazilgan brifingda javob berdi.
️Xabaringiz bor, koronavirus kasalligiga chalinganlar bilan muloqotda bo`lganlar, koronavirus kasalligi bo`yicha noxush hududdan olib kelingan respublikamiz fuqarolari, ularga tibbiy xizmat ko`rsatish bilan mashg`ul bo`lgan tibbiyot xodimlari, sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlari ham karantinda bo`lib turishibdi.
Hozirgi kunda 100 mingdan ko`proq fuqarolarimiz karantinda (stasionar va uy sharoitida) turganligini e`tiborga olsak va kasallikning inkubasion davri 14 kun ekanligini e`tiborga olsak, ular orasidan kasallik chiqishiga ham tayyor bo`lishimiz kerak. Profilaktik tibbiyotning asosiy vazifasi, u ham bo`lsa kasallik o`chog`ini jilovlash va bartaraf qilish hisoblanadi.