AsosiyJamiyat

Tashqi ishlar vazirligi Nyu-Yorkda ikki o`zbekistonlik koronavirusdan vafot etganligni tasdiqladi

'Tashqi ishlar vazirligi Nyu-Yorkda ikki o`zbekistonlik koronavirusdan vafot etganligni tasdiqladi'ning rasmi

Nyu-York shahrining Bruklin tumanida 50-60 yoshlardagi ikki o`zbekistonlik koronavirusdan vafot etganligi haqida xabar berilgan edi. O`zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi mamlakatimiz fuqarolari Z.H. va H.S. mahalliy shifoxonalarda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish natijasida vafot etganligini tasdiqladi.

Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga ta`ziya izhor etib,  chet eldagi O`zbekiston fuqarolariga koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo`yicha mahalliy hokimiyat talablariga to`liq rioya etish, jamoaviy tadbirlarda qatnashmaslik, gavjum joylarga tashrif buyurmaslik va barcha ehtiyot choralarini ko`rishni qat`iy so`ramoqda.

Shu o`rinda, AQShda bo`lib turgan O`zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatimizning Vashington shahridagi Elchixonasi (tel: +1-202-887-5300 (ichki.1)) va Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasiga murojaat qilishlari mumkin (tel: +1-212-754-7403).

Eslatib o`tamiz, Nyu-York shahrining Bruklin tumanida 50-60 yoshlardagi ikki o`zbekistonlik koronavirusdan vafot etganligi haqida xabar berilgan edi. 

    Boshqa yangiliklar