AsosiyJamiyat

Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?

'Karantin noyabr oyigacha davom etadimi?'ning rasmi

Karantin noyabr oyigacha davom etadimi? Respublika Bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ushbu savolga javob berdi.  

— Bu kabi bashoratlarni tez-tez uchratyapmiz. Ular shu darajada xilma-xilki, hatto ming yil, bir yarim ming yil koronavirus tarqalishini bashoratchilar aytib ketgan ekan, degan fikrlar paydo bo`lmoqda. Ko`pchilikdan quyon qochib qutulmaydi degan maqol bor, butun dunyo ushbu infeksiyaga qarshi kurashayotgan ekan, demak ushbu muddat uzoqqa cho`zilmaydi.

Eslatib o`tamiz, ayni paytga qadar O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 457 nafarni tashkil etmoqda. 

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 30 nafar bemor butunlay tuzalgan, 22 nafar bemorda pnevmoniya klinik belgilari bor, farg`onalik bemorning ahvoli og`irligicha qolmoqda.

Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.

Boshqa yangiliklar