IIV Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, karantin tadbirlari e`lon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz bo`yicha karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan bog`liq jami – 32 649 ta holat aniqlangan. Ular:
- Toshkent shahrida – 5 284 ta holat;
- Farg`ona viloyatida – 4 088 ta holat;
- Toshkent viloyatida – 3 910 ta holat;
- Samarqand viloyatida – 3 194 ta holat;
- Qashqadaryo viloyatida – 2 877 ta holat;
- Namangan viloyatida – 2 171 ta holat;
- Sirdaryo viloyatida – 2 161 ta holat;
- Andijon viloyatida – 1 781 ta holat;
- Jizzax viloyatida – 1 613 ta holat;
- Surxondaryo viloyatida – 1 533 ta holat;
- Xorazm viloyatida – 1 330 ta holat;
- Buxoro viloyatida – 1 320 ta holat;
- Qoraqalpog`iston Respublikasida – 1 042 ta holat;
- Navoiy viloyatida – 345 ta holatni tashkil etmoqda.
Karantin qoidalari va saniyatariya cheklovlariga rioya qilish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Misol uchun, 6 aprel kuni Jizzax viloyati, Paxtakor tumani, “Oltinko`l” mahallasida yashovchi 1991 y.t. J.R., Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida yashovchi B.S., Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, S.Kamalov ko`chasida yashovchi 1987 y.t. J.B., Jizzax viloyati, Zafarobod tumani, Lolazor qishlog`ida yashovchi 1998 y.t. O.X. jamoat joyida tibbiy niqobsiz yurganliklari aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilganlar.
6 aprel kuni Navoiy viloyati, Nurota tumanida yashovchi Sh.S. (ayol), turmush o`rtog`i B.B. va uch nafar farzandi bilan Toshkent shahridan qaytib kelganligi sababli, Nurota tumani Sanitariya epidimiologiya-osoyishtalik markazi tomonidan karantinga olingan bo`lsada, karantinga olingan xonadonidan o`zboshimchalik bilan chiqib ketganligi aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortilgan.
6 aprel kuni Qoraqalpog`iston Respublikasi, Nukus shahri, S.Kamalov ko`chasida yashovchi 1987 y.t. J.B. va Nukus shahri, Majitov ko`chasida yashovchi 1979 y.t. T.A. ruxsatnomasiz o`z transportlarida bemaqsad yurganliklari aniqlanib, Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasi bo`yicha javobgarlikka tortilib, avtomashinalari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.
Ta`kidlab o`tamiz, har birimiz zimmamizdagi vazifalarga yanada mas`uliyat bilan yondoshib, sanitariya-gigiena talablariga qat`iy rioya qilishimiz, eng bebaho ne`mat bo`lgan sihat-salomatlikni asrash va himoya qilish uchun barcha zarur choralarni amalga oshirishimiz shart.
Ma`lumot uchun: Ko`rsatkichlar 7 aprel soat 09:00 holatiga ko`ra ma`lum qilinmoqda