AsosiyJamiyat
7472

Namanganda 2 oylik chaqaloq koronavirus infeksiyasiga chalindi

'Namanganda 2 oylik chaqaloq koronavirus infeksiyasiga chalindi'ning rasmi

 

Namanganda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq ham borligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda «Daryo» yozdi.

Ma`lum bo`lishicha, Turkiya orqali Umra safariga borib kelgan ayol va uning turmush o`rtog`i Namanganga qaytgach, uyga mehmon chaqirib, ehson qiladi. Hozir ana shu oilaviy tadbir qatnashchilaridan 23 nafarida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga davolanish uchun yotqizilgan. Ulardan bir nafari — ayolning 72 yoshli onasi vafot etdi.

Viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatiga ko`ra, kasallikka chalinganlar orasida 2 oylik chaqaloq — ayolning nabirasi ham bor. Chaqaloqning onasi topshirgan tahlil natijalari infeksiya yo`qligini ko`rsatgan.

Shu tadbirda ishtirok etgan qo`shnining ikki nafar farzandi ham virus yuqtirib oladi. Ular 19 mart kuni Namangan shahridagi tantanalar majmualaridan birida o`tkazilgan to`yda kuyovjo`ra sifatida qatnashadi. Oqibatda to`y egalari va to`yga kelgan mehmonlardan 13 nafariga virus yuqishiga sababchi bo`ladi.

Eslatib o`tamiz, ayni paytda, O`zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 520 nafarni tashkil etmoqda.

27 mart kuni koronavirus bilan kasallangan namanganlik 72 yoshli ayol vafot etdi.

28 mart kuni esa 1 nafar bemor (erkak)da o`lim holati qayd etildi.

Bugungi kungacha esa 30 nafar bemor butunlay tuzalgan

Ma`lumot uchun: Jiddiy karantin choralari belgilanganiga qaramasdan nega zararlanish holati oshib borayotgani to`g`risida Nurmat Otabekov izoh bergan edi.
 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar