Mevali daraxtlarni sovukdan qanday asrab qolish mumkinligi yuzasidan Fabian Martel (Fransiya), "FRUIT HOUSE ORGANICS" konsalting firmasi mutaxassislari Shuhrat Abrorov va Xavier Kamarasa (Ispaniya)lar maslahat berishdi.
Bahorda havo harorati keskin tushib ketishi kuzatilsa, daraxtlar ichidagi haroratni termometr yordamida tekshirish tavsiya etiladi. Agar daraxtning tana harorati 0°C va –1°C orasida bo`lsa, bu hali muammo emas. Agar qor yog`ib turgan bo`lsa ham havotir olmasa bo`ladi. Sababi, qor daraxtlarni qoplab olib, ularning tana harorati birdaniga tushib ketishining bir oz bo`lsada oldini oladi.
Agar harorat –1°C gacha tushib ketsa-yu, bu holat ikki soatdan ortiq davom etmasa, gilos daraxti uchun bu katta muammo tug`dirmaydi. Aksincha, qor kurtaklarni izg`irindan himoya qilishga yordam berishi ham mumkin.
So`nggi ob-havo prognozlariga ko`ra, Toshkentda vaziyat yomon emas. Biroq, dengiz sathidan yuqorida joylashgan hududlar hamda Samarqand viloyatida vaziyat jiddiyroq. Hozir namlik yuqori, barglar ho`l, shu sababli –1°C haroratda daraxtlarning zararlanishi xavfi yuqori. Buning ustiga kki kun sovuq bo`lishi kutilmoqda: juda sovuq havo va qor aralash yomg`ir va tuproq sovub ketishi natijasida daraxtlarning ozuqa moddalarini so`rib olish qobiliyati (darajasi) keskin tushib ketadi. Hozirgi holatda daraxtlarni asrab qolish yo`lida qilishimiz mumkin bo`lgan birgina amaliyot bor. Ya`ni ob-havo 10-13 aprel normal holatga qaytadi va biz daraxtlarni bargalari orqali oziqlantirishimiz mumkin bo`ladi.
Tavsiyalar:
- Daraxtlar shox-shabbasi (meva va gullariga yaqin joyni, agar qor bo`lsa qor bilan birga) ichidagi haroratni o`lchang;
- Tutatish ishlarini juda erta boshlamang, bu ishni harorat tushib ketganda, tongga yaqin amalga oshiring;
- Ertaga kechasi (9 aprel) harorat birinchi kechaga (8 aprel) qaraganda sovuqroq bo`lishi mumkin. Ikkinchi kechada havodagi namlik pastroq bo`ladi, shuning uchun quyosh chiqish vaqtida harorat keskin tushib ketishi ehtimoli katta. Ikkinchi kecha ham tongga yaqin olov yoqib tutun hosil qilishga tayyor turing.
- 10 aprel kuni ertalab harorat birdaniga ko`tarilib ketishi kerak. Muzlama etkazgan zararni muzlash (sovuq) qaytganidan 3 soat o`tib ko`rish mumkin bo`ladi (tushdan oldin). Biz muzlamadan ko`rilgan zararni professional darajada baholashimiz kerak.
- Etkazilgan zarardan kelib chiqib, tushdan keyin PERLAN yoki Promalin va barg orqali beriladigan ozuqalarning dozasi borasida tavsiyalar beramiz.
Muhim eslatma!
Agar qor yog`ayotgan bo`lsa, olov yoqib tutun hosil qilish yordam beradi deb o`ylamaymiz. Tutun hosil qilish osmon ochiqligida yaxshi samara beradi. Demak bugun va ertaga kechasi quyosh chiqishidan avval osmonda bulut bo`lmasa harorat tezlikda tushib ketishi mumkin. Shundan xollarda tutun hosil qilish yaxshi samara berishi kerak.
Gullashga yaqin gilos kurtaklari shaftoli kurtaklaridan ko`ra sovuqqa chidamsizroq xisoblanadi. Gilosning 10% gullarni zararlashi mumkin bo`lgan harorat shaftoli va o`rikda gilosga nisbatan kamroq gullarni zararlaydi. Gullashga yaqin gilos kurtaklari sovuqqa chidamsiz bo`lib boradi. Tinim davrida – 8.3°C xarorat 10% gulni zararlasa gullashga yaqin, bu ko`lamda zarar keltirish uchun –2.2°C harorat kifoya. Gullashdan avval – 15°C harorat 90% gulni zararlasa gullashga yaqin – 3.9°C harorat 90% gulining nobud bo`lishiga olib keladi.