AsosiyJamiyat

G`uzor tuman hokimi sog`ligidagi muammo sababli ishdan ketdi. Yangi rahbarga esa oq fotiha berildi

'G`uzor tuman hokimi sog`ligidagi muammo sababli ishdan ketdi. Yangi rahbarga esa oq fotiha berildi'ning rasmi

Xalq  deputatlari G`uzor tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

Sessiyada tashkiliy masala ko`rib chiqildi. Hozirga qadar tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Babaqulov Sa`dulla Abdullaevich sog`ligidagi surunkali muammolar sababli o`z arizasiga asosan, vazifasidan ozod etildi.

G`uzor tumani prokurori lavozimida ishlab kelgan Suyunov Bekzod Olimovich tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib deputatlar tomonidan tasdiqlandi.Sessiyada viloyat hokimi Z.Mirzaev ishtirok etdi. 

G`uzorning yangi hokimiga oq fotiha berildi. Bugundan G`uzor tumani hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ish boshlagan Suyunov Bekzod Olimovichni boshlanajak faoliyatiga rivojlar tilanib, shuningdek, xalqimiz boshiga tushgan balolardan tez kunlarda forig` bo`lishini so`rab duolar qilindi.

    Boshqa yangiliklar