AsosiyJamiyat

Bugun Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tug`ilgan kuni

'Bugun Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tug`ilgan kuni'ning rasmi

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 1952 yil 15 aprelda Andijon viloyatida tavallud topgan. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari Buxoro shahridagi “Mir Arab” madrasasida, so`ngra Toshkentdagi imom Buxoriy nomli Islom oliy ma`hadida tahsil olgan.Oliy ma`hadni bitirishlari bilanoq “Sovet sharqi musulmonlari” jurnalida ishladilar. O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari diniy idorasi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini chet elga, ya`ni Liviya Arab Respublikasining Tripoli shahridagi Islomiy da`vat fakultetiga o`qishga yubordi. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mazkur fakultetni 1980 yil imtiyozli tamomlab, yurtga qaytdilar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari diniy idoraning 1989 yilda bo`lib o`tgan Umumiy qurultoyida O`rta Osiyo va Qozog`iston musulmonlari Diniy idorasi muftiysi lavozimiga tayinlandilar. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari mustaqil O`zbekiston Respublikasining birinchi muftiysi bo`ldilar.

Shayx hazratlari Makkai Mukarramadagi “Butun Dunyo Islom Robitasi”ning ta`sis majlisi, Butun dunyo tasavvuf uyushmasi, Butun dunyo Islomiy xalqlari boshqaruvining bosh kotibiyati, Butun dunyo da`vat uyushmasi, Butun dunyo Ulamolari kengashi uyushmasi, Islomobod shahridagi Butun dunyo Islom uyushmasi, Makkai Mukarramadagi Butun dunyo mutafakkir ulamolari yig`inining ijroiya qo`mitasi, Butun dunyo masjidlar uyushmasi, Iordaniyadagi Oli Bayt muassasasiga qarashli Islomiy fikrlar akademiyasi a`zosi edilar.


Shuningdek, Shayx hazratlari Misr Arab Respublikasi, Liviya Jamohiriyasi va Rossiya federasiyalari kabi qator davlatlarning faxriy unvon va mukofotlari bilan taqdirlanganlar.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 2015 yil 10 mart kuni Toshkent shahrida vafot etganlar.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar