AsosiyJamiyat

Diqqat! IIV karantindan foydalanib, SMS xabarlari jo`natish orqali mablag`larni o`zlashtirayotganlardan ogohlantirmoqda

'Diqqat! IIV karantindan foydalanib, SMS xabarlari jo`natish orqali mablag`larni o`zlashtirayotganlardan ogohlantirmoqda'ning rasmi

Bugungi kunda, boshqa davlatlar hududida karantin e`lon qilinganligidan foydalanib, firibgarlar tomonidan yolg`on SMS xabarlari jo`natish orqali elektron mablag`larni o`zlashtirishga urinishlar kuzatilmoqda.

Respublikamizda ham karantin e`lon qilinganligi va “o`zini yakkalash” tartibiga o`tilganligi munosabati bilan fuqarolarning uyda o`tirganidan, shuningdek, odamlarda koronavirus pandemiyasi sabab xavotir kuchli ekanidan foydalanishga urinish, xabarnomalar orqali kishilarni chalg`itib, ularning elektron hisobidagi mablag`larini o`zlashtirishga harakat qilish holatlari kuzatilishi mumkin. IIV mazkur ko`ngilsizliklarning olidini olish maqsadida aholini ogohlantirmoqda.

Misol uchun, firibgarlar tomonidan muayyan sana yoki geojoylashuv nuqtasi koordinatlarini ko`rsatgan holda “Siz karantin qoidasini buzdingiz, endi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 54-moddasiga muvofiq BHMning besh baravarigacha miqdorda jarima to`laysiz” degan mazmundagi jarimani uydan to`lash ham mumkinligini ta`kidlab to`lov uchun karta raqami ko`rsatilgan SMS xabarnoma jo`natilishi mumkin.

“O`zkomnazorat” davlat inspeksiyasi fuqarolarni bu kabi yolg`on xabarlarga aldanmaslikka, SMS-xabarlar, telefon qo`ng`iroqlarini qabul qilganda hech qachon elektron hisobdagi mablag`lar yoxud turli mahfiy kodlar haqida begona shaxslarga ma`lumot bermaslik va bu kabi holatlar kuzatilganda xabarnomalarni boshqalarga yuborish emas aksincha, o`chirib tashlash lozimligi, shuningdek bu haqida Ichki ishlar organlarining 102 tezkor tarmog`iga xabar berish lozimligi tavsiya etilgan.

    Boshqa yangiliklar