AsosiyDunyo

Yevrokomissiya Afrikaga yordamni migratsiyani to‘xtatish sharti bilan bermoqchi

Tashkilot 2028–2035 yillar uchun yangi budjetda Afrikaga moliyaviy yordamni migrantlar oqimini cheklash sharti bilan ajratishni taklif qilmoqda.

'Yevrokomissiya Afrikaga yordamni migratsiyani to‘xtatish sharti bilan bermoqchi'ning rasmi

Politico nashrining yozishicha, Yevropa Ittifoqi migratsion siyosatni qat’iylashtirish va tashqi moliyaviy yordamni bosim vositasi sifatida ishlatish yo‘lini tanlamoqda.

Bu taklif 2028–2035 yillarni qamrab oladigan yangi budjet loyihasida ko‘zda tutilgan bo‘lib, iyul o‘rtalarida Yevrokomissiya tomonidan e’lon qilinishi kutilmoqda.

Ushbu yondashuv, nashrga ko‘ra, AQSH va Buyuk Britaniyaning uzoq yillardan beri amalda bo‘lgan siyosiy strategiyasiga yaqinlashadi.

Politico ma’lumotlariga ko‘ra, YEK rahbari Ursula fon der Lyayenga bu borada o‘zining o‘ng markazchisi Yevropa xalq partiyasi tomonidan ham bosim kuchaymoqda.

Tahlilchilar bu tashabbusni Yevropada o‘ng qanot partiyalarining kuchayib borayotgan ta’siri bilan bog‘lashmoqda.

    Boshqa yangiliklar