AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda narkotiklarga qarshi kurash sun’iy intellekt yordamida kuchaytiriladi

Narkotiklar zarari haqida kecha-yu kunduz ma’lumot beriladigan sall-markaz ochiladi.

'O‘zbekistonda narkotiklarga qarshi kurash sun’iy intellekt yordamida kuchaytiriladi'ning rasmi

O‘zbekistonda narkotiklar va psixotrop moddalar aylanmasiga qarshi kurashni kuchaytirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda ichki ishlar vaziri Aziz Toshpo‘latov 8 iyul, seshanba kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi yig‘ilish yakunlari bo‘yicha "O‘zbekiston 24" telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.

"Bunga qarshi kurashilayotgan, zararli vositalar va laboratoriyalar yo‘q qilinayotgan bo‘lsa-da, muammo to‘la bartaraf bo‘lmagan. Shu bois videokuzatuv kameralari va sun’iy intellektni qo‘llab, giyohvandlik moddalari tarqalishini aniqlash, manbasini tag-tomiri bilan yo‘q qilish kerakligi ko‘rsatib o‘tildi", — deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.

IIV rahbari qayd etishicha, narkotiklar va psixotrop moddalar aylanmasi butun dunyoda, shu jumladan, O‘zbekistonda ham oshgan. "2024 yilda 2138 kg psixotrop va narkotik vositalar musodara qilingan bo‘lsa, 2025 yilning ilk olti oyidayoq bu ko‘rsatkich 1890 kilogrammdan oshdi", — dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident topshirig‘iga muvofiq "fuqarolarimizni hayotdan olib ketayotgan bu ofatning oldini olishga qaratilgan" ishlar kuchaytiriladi. "IIV tomonidan boshqa huquq-tartibot organlari bilan birgalikda doimiy ravishda „Xavfsiz va sog‘lom mamlakat“ tadbirlari o‘tkazib boriladi", — deya ma’lum qildi vazir.

    Boshqa yangiliklar