AsosiyDunyo

Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi

Kiyevdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining sobiq talabasi va uning otasi qo‘lga olingan.

'Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi'ning rasmi

Kiyevda Ukrainaning “Neptun” raketalari haqida ma’lumot olishga uringan Xitoy josuslari ushlandi. Bu haqda Ground News xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, Kiyevda ikki nafar Xitoy fuqarosi – Kiyevdagi oliy o‘quv yurtlaridan birining sobiq talabasi va uning otasi qo‘lga olingan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar Xitoy xavfsizlik organlariga Ukrainaning RK-360MTS “Neptun” raketa majmuasiga oid maxfiy hujjatlarni yetkazishga harakat qilishgan.

"Sobiq talaba maxfiy hujjatlarni qo‘lga kiritish uchun mudofaa kuchlarining eng zamonaviy qurollarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan Ukraina fuqarosini yollashga uringan. U hujjatlarni olayotgan paytda ushlangan. Uning otasi esa 7 iyul kuni mamlakat hududiga kirib kelgan va ertasi kuni Xitoyning Kiyevdagi elchixonasiga borgan. U ham josuslikda gumon qilinmoqda", deyiladi Ukraina Xavfsizlik xizmati bayonotida. 

    Boshqa yangiliklar